Jahon | 00:51 / 25.10.2018
17898
1 daqiqa o‘qiladi

Moskva-Dushanbe aviareysida 4 yoshli bola hayotdan ko‘z yumdi

Illyustrativnoye foto

Tojikistonlik 4 yoshli bola Rossiyaning Utair aviakompaniyasining Moskva-Dushanbe reysini bajaruvchi samolyotida hayotdan ko‘z yumdi.  

Aviakompaniya vakili Husan Usmonov ushbu ma'lumotni tasdiqlagan. Bolaning ismi va voqea tafsilotlari ma'lum qilinmagan.

“Reys “Vnukovo” aeroportidan ushlanishlarsiz bajarilgan. Bola parvoz vaqtida o‘zini yomon his qila boshlagan, uni qutqarishning iloji bo‘lmagan. U o‘zining amakisi bilan birga bo‘lgan”, deb aytgan Usmonov.

Ma'lum qilinishicha, ekipaj sardori ushbu hodisa tufayli Orenburgda favqulodda qo‘nishni amalga oshirishga qaror qilgan. 

Ta'kidlanishicha, bolaning amakisi uning jasadi bilan Orenburgda voqea sabablarini aniqlash uchun qolgan. Qolgan yo‘lovchilar Dushanbega yetib olganlar.

Mavzuga oid