Eron va Isroil havo hududlari, dastlabki ma’lumotlarga köra, Toşkent vaqti bilan soat 11:30 dan 17:00 gaça yopildi. Bu haqda ma’lum qilgan Uzbekistan Airports'ga köra, şu munosabat bilan bir neçta aviareyslar ortga qaytişga majbur bölgan.
Özbekistondan reyslar:
- 7Q4461 (Fly One Asia): Andijon – Madina yönalişida uçgan reys Andijon aeroportiga qaytdi.
- HH901 (Qanot Sharq): Toşkent – Dubay yönalişidagi reys Toşkent aeroportiga qaytdi.
Özbekistonga reyslar:
- 7Q342 (Fly One Asia): Madina – Toşkent yönalişida uçgan reys Madina aeroportiga qaytdi.
- 2U7706 (Fly Khiva): Madina – Andijon yönalişida uçgan samolyot Madina aeroportiga qaytdi.
- 9S3302 (Air Samarkand): Jidda – Toşkent yönalişida uçgan samolyot Jidda aeroportiga qaytdi.


















