Jahon | 14:12 / 26.10.2018
14019
2 daqiqa o‘qiladi

Aktyor Nikolay Karachentsov vafot etdi

Foto: RIA Novosti/Ilya Pitalev

Aktyor Nikolay Karachentsov Moskvada vafot etdi.

«RIA Novosti» ma'lumotiga ko‘ra, o‘n uch yil muqaddam Karachentsov avtohalokatga uchragan va boshidan og‘ir jarohat olgan, shundan so‘ng u yakuniy tarzda tiklanib, ijodiy faoliyatini davom ettira olmadi.

Bir yil avval uning o‘pkasidan salbiy o‘simta topildi. Karachentsov saratondan davolanishni boshladi, dastlabki jarayonlar dekabr oyida bo‘lib o‘tgan edi.

Nikolay Karachentsov 1944 yil 27 oktabrda Moskvada tug‘ilgan. 1967 yilda Moskva badiiy akademik teatri maktab-studiyasini a'lo baholar bilan tamomlagan. O‘n nafar eng yaxshi bitiruvchilar safida uni Lenin komsomoli nomidagi Moskva teatriga (1991 yildan - «Lenkom») yuborishdi, u ushbu teatrda butun hayoti davomida ishladi.

Kinoda Nikolay Karachentsov 1967 yildan suratga tushishni boshladi. O‘z faoliyati davomida aktyor yuzdan ortiq filmlarda rol ijro etdi, jumladan, «Katta o‘g‘il» (1975), «Pichandagi it» (1977), «Elektronikning sarguzashtlari» (1979), «Svift qurgan uy» (1982), «Kaputsinlar bulvaridagi odam» (1987).

Karachentsovning teatr mukofotlari orasida - «Billur Turandot» teatr sovrinining «Billur atirgul» maxsus mukofoti, Vladimir Visotskiyning «O‘z izi» mukofoti, Andrey Mironov nomidagi «Figaro» Rossiya milliy aktyorlik mukofoti bor. 

Mavzuga oid