Aktyor Nikolay Karaçentsov Moskvada vafot etdi.

«RIA Novosti» ma'lumotiga köra, ön uç yil muqaddam Karaçentsov avtohalokatga uçragan va boşidan oğir jarohat olgan, şundan söng u yakuniy tarzda tiklanib, ijodiy faoliyatini davom ettira olmadi.

Bir yil avval uning öpkasidan salbiy ösimta topildi. Karaçentsov saratondan davolanişni boşladi, dastlabki jarayonlar dekabr oyida bölib ötgan edi.

Nikolay Karaçentsov 1944 yil 27 oktabrda Moskvada tuğilgan. 1967 yilda Moskva badiiy akademik teatri maktab-studiyasini a'lo baholar bilan tamomlagan. Ön nafar eng yaxşi bitiruvçilar safida uni Lenin komsomoli nomidagi Moskva teatriga (1991 yildan - «Lenkom») yuborişdi, u uşbu teatrda butun hayoti davomida işladi.

Kinoda Nikolay Karaçentsov 1967 yildan suratga tuşişni boşladi. Öz faoliyati davomida aktyor yuzdan ortiq filmlarda rol ijro etdi, jumladan, «Katta öğil» (1975), «Piçandagi it» (1977), «Elektronikning sarguzaştlari» (1979), «Svift qurgan uy» (1982), «Kaputsinlar bulvaridagi odam» (1987).

Karaçentsovning teatr mukofotlari orasida - «Billur Turandot» teatr sovrinining «Billur atirgul» maxsus mukofoti, Vladimir Visotskiyning «Öz izi» mukofoti, Andrey Mironov nomidagi «Figaro» Rossiya milliy aktyorlik mukofoti bor.