Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishga nomzodlar ma'lum qilindi
Yevropa Ligasi guruh bosqichining 3-tur yakunlariga ko‘ra, UYeFA musobaqada haftaning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishga nomzod to‘rt nafar futbolchini e'lon qildi.
Da'vogarlar sirasiga «Red Bull» hujumchisi Munas Dabbur, «Chelsi» yarimhimoyachisi Ruben Loftus-Chik, «Betis» xavbeki Jovani Lo Chelso va «Fenerbaxche» forvardi Mixael Fray kiritilgan.

Dabbur «Rusenborg» bilan o‘yinda ikkita gol kiritdi (3:0); Loftus-Chik BATEga qarshi bahsda het-trik qayd etdi (3:1); Lo Chelso «Milan» bilan uchrashuvda bittadan gol va samarali to‘p uzatishga muallif bo‘ldi; Fray hisobida ham «Anderlext» bilan o‘yinda 1+1 mahsuldorlik ko‘rsatkichi bor (2:2).
Mavzuga oid
07:59 / 08.05.2026
Angliyaning uchta klubi yevrokuboklar finaliga chiqdi
05:16 / 07.03.2025
Yevropa Ligasi. Shomurodovning goli «Roma»ga g‘alaba keltirdi va boshqa natijalar
03:32 / 31.01.2025
Yevropa Ligasi. Shomurodovning goli «Roma»ni o‘tish bosqichiga olib chiqdi, «MYu» va «Tottenhem» to‘g‘ridan to‘g‘ri 1/8 finalda
01:56 / 23.05.2024