Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyada bananlar ichida 6 tonna kokain moddasi aniqlandi
Ispaniya huquq-tartibot idoralari Malagadagi sanoat binosida saqlangan banan qutilari ichida yashirilgan, 6 tonnadan ko‘proq kokain moddasini aniqlashdi. Ma'lum qilinishicha, giyohvand moddalarni sotishga aloqadorlikda gumon qilinib 16 kishi hibsga olingan.
Ombor hududida tintuvlar o‘tkazilgan. Natijada 300 ming yevrodan ko‘proq pul, qurol va lyuks sinfidagi avtomobillar aniqlanib, musodara qilingan.
Politsiyada ma'lum qilinishicha, gumonlanuvchilar Kosta-Rikadan banan va boshqa mevalar import qiluvchi kompaniya orqali Lotin Amerikasidan giyohvand moddalar yetkazib berishni yo‘lga qo‘ygan.
Ta'kidlanishicha, Ispaniya politsiyasi ushbu ishni Portugaliya va AQSh huquq-tartibot idoralari yordamida deyarli bir yil tergov qilgan.
Mavzuga oid
18:49 / 08.07.2026
Tramp NATOda: Ispaniya bilan savdoni uzish va Grenlandiyani egallash da’vosi
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
15:15 / 16.06.2026
Afrikacha master-klass: Kabo-Verdedan nimalarni o‘rganish kerak?
09:01 / 25.05.2026