Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev qandolat fabrikasiga bordi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Amilov» qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish fabrikasini borib ko‘rdi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.
Umumiy qiymati 62 million dollar bo‘lgan ushbu korxona poytaxtdagi sobiq «Lak-bo‘yoq» zavodi o‘rnida tashkil qilingan. Zavod binosi rekonstruksiya qilinib, joriy yil 5 oktabrda ishga tushirilgan. Germaniya, Shveytsariya, Italiya, Avstriya, Gollandiya kabi davlatlardan zamonaviy texnologiyalar keltirib o‘rnatilgan. Qariyb 830 kishi doimiy ish bilan ta'minlangan, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, korxona yiliga 50 ming tonnaga yaqin qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bugungi kunda bu yerda shokolad, konfet, pechene, vafli kabi 60 turdagi mahsulot ishlab chiqarilmoqda.
Davlat rahbari fabrikaning ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish, bunday korxonalarni ko‘paytirib, raqobatni rivojlantirish, import bo‘layotgan boshqa mahsulotlarni ham mahalliylashtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yunusobodda «Business city» qurilishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:22 / 14.03.2026
Yunusobodda yangi qurilayotgan turar joy binosida yong‘in sodir bo‘ldi
10:20 / 24.02.2026
Yunusobodda 2 gektar yerni 9 mln dollarga sotishga urinish fosh etildi
20:32 / 03.01.2026
Yunusobodda mast holatda o‘zganing mashinasiga shikast yetkazgan shaxs ushlandi
00:25 / 29.12.2025