Sport | 02:15 / 28.10.2018
7678
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda badminton markazining ochilish marosimi o‘tkazildi

27 oktbyar kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Badminton federatsiyasi yangi markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda taniqli sportchilar, hukumat vakillari va jurnalistlar ishtirok etdi. 

Video: Tas-IX

Video: YouTube

Video: facebook

Tadbirni federatsiya raisi Aziz Abduhakimov ochib berdi.

- Badminton sportiga shu kungacha e'tibor berilmay kelinayotgan edi. U, aslida, xalq orasida keng tarqalgan sport turlaridan biri hisoblanadi. Badmintonni dunyoda futboldan keyingi o‘rinda turuvchi ommaviy sport turlari qatoriga qo‘shish mumkin. Markazning ochilishi O‘zbekistonda badmintonni ommalashtirish uchun tashlangan ilk qadam bo‘ldi. Kelajakda bu sport turini yanada rivojlantirishni maqsad qilganmiz, - dedi A. Abduhakimov.

Tadbir davomida taniqli sport arbobi, FIFA hakami Ravshan Ermatov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

- Bu sport futboldan keyingi ommaviy sport degan so‘zga to‘liq qo‘shilaman. 1-o‘rinda futbol, 2-o‘rinda badminton. Ushbu yangilikni eshitib xursand bo‘ldik. Tilagimiz O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘klarga ko‘taradigan sportchilar safi kengaysin.

Sohada kutilayotgan ishlar bo‘yicha hukumat vakillari bilan ham suhbatlashildi. Jismoniy tarbiya va sport ishlari vazirining o‘rinbosari Sharifjon Mo‘minjonov shunday dedi:

- Sportning badminton turiga yurtimizda e'tibor kuchayib bormoqda. Ushbu sport turini rivojlantirish shaxsan davlat rahbari nazoratida. Yaqin kelajakda maktablarda, sport majmualarida va turli o‘quv muassasalarida uni keng targ‘ib etish rejalashtirilgan.

Tadbir so‘ngida badmintonchilar o‘rtasida bahslar o‘tkazildi va bayram dasturxoni yozildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid