Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda bombalar yuborishda gumonlanayotgan shaxs Trampning faol tarafdori bo‘lib chiqdi
Foto: AP
Amerika Qo‘shma Shtatlarida qo‘lbola portlovchi qurilmalarni yuborishda gumonlanayotgan Sizar Seyak 2017 yilda Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Trampning mitingida faol ishtirok etgan. Bu haqda instagramda rejissyor Maykl Mur aytib o‘tdi.
Ta'kidlanishicha, rejissyor mitingni suratga olgan va olingan material orasida Seyak Trampning boshqa tarafdorlari orasida qo‘lbola plakat bilan turgani tasvirlangan kadrlar ham mavjud.
Murning so‘zlariga ko‘ra, bu videomateriallar AQSh fuqarolari qanday tarzda «o‘zlarini yo‘qotgani, g‘azabga berilgani va zo‘ravonlikka moyil bo‘lib qolganini» tushunish uchun kerak edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Obama, Klintonlar va CNN’ga bombalar Rossiya tomonidan yuborilgani taxmin qilingandi.
Mavzuga oid
21:42 / 11.02.2026
AQSh Venesuelaga Rossiya bilan har qanday neft bitimlarini rasman taqiqladi
21:22 / 11.02.2026
NATO «Arktika qo‘riqchisi» missiyasi boshlanganini e’lon qildi
20:10 / 11.02.2026
Rossiya Trampning «Tinchlik kengashi» birinchi yig‘ilishida ishtirok etmaydi
16:17 / 11.02.2026