Jahon | 10:08 / 29.10.2018
10172
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya Xitoyni «tiyib turish» uchun harbiy baza quradi

Foto: TASS/Anton Balashov

Yaponiya hukumati Isigaki orolida harbiy baza qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sankei Shimbun xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, bazaning qurilishi 2019 yilda boshlanishi kerak. U mintaqadagi Xitoy harbiy faolligini bosib turishga qaratilgan. Shu bilan birga, yangi bazada 5-6 ming harbiylar, shuningdek, «yer - kema» hamda «yer - havo» sinfidagi raketalar bo‘ladi.

Aniqlik kiritilishicha, hozirgi vaqtda harbiy baza Okinavadagi eng katta orolda joylashgan. Miyako orolida yana bir harbiy bazani qurish kelasi yil bahoridan boshlanishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy mudofaa vaziri Vey Fenxe XXR armiyasi qurollanish poygasiga qo‘shilmasligi haqida ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid