Jamiyat | 17:16 / 29.10.2018
17133
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada ichkilikning oqibati o‘lim bilan yakunlandi

Joriy yilning 27 oktabr kuni Farg‘ona viloyati Furqat tumanida qotillik yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, shu tumanda yashovchi R.O. “K.Sodiqov” MFY hududida fuqaro K.S. bilan birga spirtli ichimlik iste'mol qilib, o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro janjal tufayli R.O. Chek-ko‘prik ko‘chasida K.S.ning tanasini turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazib, voqea joyidan yashiringan. 

Natijada K.S. shu yerda bo‘lgan ariqqa tushib ketib, voqea joyida vafot etgan. Ko‘rilgan choralar natijasida R.O. qo‘lga olingan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid