Jahon | 16:28 / 29.10.2018
63087
5 daqiqa o‘qiladi

Istanbulda dunyodagi eng katta aeroport ochilmoqda (foto, video)

Istanbuldagi uchinchi aeroportning birinchi bosqichi ochilish marosimi bugun, 29 oktabr kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

Foto: AP

Dunyoning eng yirik aeroportni qurish bo‘yicha tenderda Limak-Kolin-Cengiz-MaPa-Kalyon kompaniyalari konsorsiumi 26,14 milliard yevrolik taklif bilan g‘alaba qozondi.

Foto: Nordic Office of Architecture

Marosim mahalliy vaqt bilan soat 16:30da boshlanadi va unda turli mamlakatlarning 50dan ziyod yuqori martabali vakillari ishtirok etadilar. Ular orasida Albaniya prezidenti Ilir Meta, Qatar amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy, Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Kosovo prezidenti Hoshim Tachi, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi prezidenti Mustafo Oqinji, Makedoniya prezidenti Georgiy Ivanov, Moldovaning prezidenti Igor Dodon, Pokiston prezidenti Arif Alvi , Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich, Sudan prezidenti Umar Hasan Ahmad al Bashir, Bosniya va Gertsegovina bosh vaziri Denis Zvezdich, Bolgariya bosh vaziri Boyko Borisov, Sloveniya bosh vaziri o‘rinbosari va infratuzilma vaziri Alenka Bratushek, Gruziya TIV rahbari David Zalkaliani, Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif bor.

O‘zbekistondan marosimda bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Ochilboy Ramatov

Fuqarolar so‘nggi tayyorgarlik ishlari olib borilayotgan ochilish marosimi joyiga yig‘ilishmoqda. Aeroportga yo‘lda Turkiya Respublikasining asoschisi Mustafo Kamol Otaturk va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning portretlari o‘rnatilgan.

Aeroport hududida prezident Erdo‘g‘anning quyidagi so‘zlari yozilgan plakatlar o‘rnatildi: «Bu shunchaki aeroport emas, g‘alaba ramzidir».

Foto: AP
Foto: AP
Foto: AP

Aeroport qurilishining birinchi bosqichini amalga oshirish uchun olti milliard yevro ajratildi.

Aeroport umumiy maydoni 76,5 million kvadrat metrni tashkil etadi.

Foto: REUTERS

Aeroportning boshqa bosqichlari yo‘lovchi oqimi hajmiga qarab, 2023 yilgacha ishga tushiriladi.

Yangi havo qo‘nalg‘asida oltita uchish-qo‘nish yo‘lagi, 500ta samolyot uchun turargoh, 70 mingta avtomobil uchun ochiq va yopiq parkovkaga ega bo‘ladi.

Qurilishning barcha bosqichlari yakunlangach, Istanbul yangi aeroporti dunyodagi eng yirik aeroport bo‘ladi va  har yili 200 million yo‘lovchiga xizmat qiladi.

Foto: Anadolu Agency
Foto: Anadolu Agency
Foto: Anadolu Agency/Getty Images

Birinchi bosqichda aeroportdan har kunlik beshta reys amalga oshiriladi. 31 oktabr kuni Turkish Airlines Anqaraga Istanbul yangi aeroportidan reysni bajaradi, birinchi noyabrda Antaliyaga parvoz yuz beradi, ikkinchi noyabrda - Izmirga. Birinchi xalqaro reys 1 noyabr kuni Istanbul uchinchi aeroportidan Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga amalga oshiriladi. Ozarboyjonga parvoz 8 noyabrga rejalashtirilgan.

Samolyotlar va texnikani yangi aeroportga o‘tkazish yil oxirigacha yakunlanadi. Shundan so‘ng aeroport kuniga ikki mingta samolyotni qabul qila oladi.

Foto: Nordic Office of Architecture

Foydalanishga topshirilganidan so‘ng, aeroport dunyoning 250ta aviakompaniyasidan samolyotlarni qabul qiladi, ular 350dan ortiq yo‘nalishlar bo‘yicha parvozni amalga oshiradi.

Aeroportga ochilishidan oldin qator xalqaro mukofotlar topshirildi.

Foto: AP

Havo qo‘nalg‘asi hududida 2N uzluksiz elektr ta'minoti tizimi, N+1 sovitish tizimi ishlatiladi. Aeroport Uptime Institute kompaniyasidan Design standarti bo‘yicha sertifikat oldi.

Aeroport loyihasining mualliflari 2015 yilda Chicago Athenaeum’dan birinchi mukofotni olishdi.

Ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlanadigan aeroport hududida yer usti radarlari birinchi marta ishlatiladi.

Foto: Nordic Office of Architecture

Aeroportdagi terminallar va avtoturargohlarda to‘qqiz mingta aqlli kamera o‘rnatiladi.

Shuningdek, aeroport shaxslar va avtoulovlar raqamlarini aniqlash bo‘yicha zamonaviy texnika bilan ham jihozlangan.

Mavzuga oid