Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu sirni ochdi: «Real»ni Peres tufayli tark etdim»
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu nega «Real»ni tark etganini gapirib berdi.
«Real»da ko‘p yaxshi ishlarni qilganman. Klubda 9 yil o‘ynadim, bu hissiyotlarni har doim xotiramda saqlayman. Ammo «Real» prezidenti Peres menga pul topish vositasi sifatida qaray boshladi. Buni aniq bilaman. Uning menga aytgan so‘zlari hech qachon qalbidan chiqmagan. Peresning menga munosabati o‘zgardi, buni sezdim. Avval umuman boshqacha edi.
Florentino meni almashtirib bo‘lmas futbolchi ekanimga shubha bildira boshladi. Aynan shu narsa «Real»ni tark etishimga sabab bo‘lgan. Ilk mish-mishlar paydo bo‘lganida, Peres meni ushlab qolishga harakat qilmadi.
Agar faqat pul haqida o‘ylaganimda, Xitoyga ketib, «Yuventus» yoki «Real»dagidan 5 barobar ko‘p pul ishlab topishim mumkin edi. Italiyada Madriddagidan kam pul topmayapman. Farqi shundaki, «Yuventus» meni o‘z safida ko‘rishni juda istadi. Men buni his qildim.
Zidanning ketishi mening ketishimga sabab bo‘lmagan. Men Peres tufayli ketganman», - deb Ronaldu so‘zlarini keltirmoqda France Football.
Mavzuga oid
23:50 / 14.01.2026
Alonso ishdan bo‘shadi. Klasikoda yutqazgani uchun emas
02:24 / 12.01.2026
«Barselona» finalda «Real»ni yengib, Ispaniya superkubogini qo‘lga kiritdi
01:15 / 29.12.2025
Ronaldu Yaqin Sharqning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi
22:17 / 16.12.2025