Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda dollar kursi yana ko‘tarildi, yevro arzonlashdi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 30 oktabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 10,77 so‘mga qimmatlashgan va 1 dollar 8236,87 so‘mga yetgan.
1 yevro 79,85 so‘mga arzonlab, 9390,86 so‘mni tashkil qildi.
1 Rossiya rubli 0,57 so‘mga pasaydi va 1 rubl 125,19 so‘mga teng bo‘lib turibdi.
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi sentabr oyi boshidan buyon har hafta uzluksiz ko‘tarilib kelmoqda.
Ma'lumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Mavzuga oid
20:41 / 08.05.2026
Bankdan 500 dollargacha naqd valutani pasporsiz olishga ruxsat beriladi
17:55 / 29.04.2026
Banklarga mijozlarga shikastlangan banknota berish taqiqlandi
14:03 / 08.04.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 8,1 mlrd dollarga kamaydi
22:27 / 30.03.2026