Jahon | 00:29 / 30.10.2018
3326
2 daqiqa o‘qiladi

Assanj Ekvadorni uni AQShga topshirmoqchi bo‘layotganlikda aybladi

Foto: RIA Novosti / Aleks Maknoton

WikiLeaks portali asoschisi Julian Assanj Ekvador hukumati uni Londondagi elchixonadan chiqarib yuborib, AQShga topshirmoqchiligini aytdi.

Assanj 2012 yildan beri Ekvadorning Londondagi elchixonasida qolmoqda.

“Meni boshpanadan ayirish va AQShga topshirish uchun bahona qidirilmoqda”, deb aytgan Assanj.

U bunday bayonotni Ekvador tashqi ishlar vaziri Xose Valensiyaga qarshi boshlagan jarayon doirasida Kito bilan amalga oshirilgan videoanjumanda bergan. Assanj Ekvador elchixonasi uning oldiga tashrif buyuruvchilar bo‘yicha, tashqi dunyo bilan muloqot qilish va tibbiy yordam ko‘rsatishni tartibga soluvchi o‘zini tutish tartib-qoidalarini tuzgandan keyin Ekvador hukumatini sudga bergan.

WikiLeaks asoschisi unga qo‘yilgan bu talablardan norozi bo‘lgan va Ekvador hukumatini “tashqi dunyo bilan muloqot qilishda cheklashda” ayblagan. Assanjning advokati Karlos Povedaning ma'lum qilishicha, Assanj Britaniya hukumati uni ekstraditsiya qilmaslikka kafolat bersa, unga taslim bo‘lishga tayyor.

Assanj WikiLeaks’dagi faoliyati sababli AQShga topshirilishi xavotiri bilan 2012 yilda Ekvadordan siyosiy boshpana so‘ragan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid