Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fotoreportaj: Buxoroda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Rossiya yoshlari mediaforumi
28 oktabr kuni o‘z ishini boshlagan “O‘zbekiston-Rossiya yoshlar forumi: Hamkorlik, tashabbus, innovatsiya” deb nomlangan yoshlar festivali 30 oktabr kuni Buxoroda davom etdi.
Rossiya Federatsiyadan tashrif buyurgan 82 nafar delegatsiyaning bir qismi, faol yoshlar va OAV vakillari Buxoro shahriga tashrif buyurishdi.


Buxoro Yoshlar markazida “Yoshlar media makonining zamonaviy trendlari” mavzusida bo‘lib o‘tgan media forumda Rossiya delegatsiyasi a'zolari, yosh jurnalistlar bilan bir qatorda mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari, xususan viloyat va “Istiqlol” teleradiokompaniyalari, “Buxoro yoshlari” gazetasi, “O‘zbekiston” radiosi hamda O‘zbekiston milliy axborot agentligi, “Xalq so‘zi”, “Narodnoye slovo”, “Yoshlar ovozi”, “Molodyoj Uzbekistana” gazetalarining viloyat muxbirlari, hokimlik va boshqa davlat tashkilotlarining matbuot kotiblari ishtirok etishdi.
Media forumda o‘zbekistonlik spikerlar “Yoshlar hayotini yoritish”, “Elektron OAVda yoshlarning rolini oshirish”, “Yosh jurnalist kadrlarni tayyorlash” bilan bog‘liq chiqishlar qilishdi.
Rossiyalik mutaxassislar esa “Axborot yetkazib berishda auditoriya bilan ishlash”, “Mamlakatlararo muloqotni yo‘lga qo‘yishda internetning o‘rni va roli”, “Internetdagi global chaqiriqlar bilan kurashish”, “Xalqaro yirik tadbirlarni yoritishda jurnalist ishi” kabi mavzular bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishdi.
Qizg‘in bahs-munozaralarga boy kechgan media-forum so‘ngida tomonlar yoshlar uchun mo‘ljallangan media-makonning asosiy unsurlari, ulardan samarali foydalanish va mustahkam hamkorlik bo‘yicha kelishib olishdi.

















Mavzuga oid
11:51 / 16.01.2026
Buxoroda reyd: noqonuniy ov va ilon bilan “sirk” tomoshasi aniqlandi
23:12 / 14.01.2026
Xivadagi Kongress markazi va Farg‘onadagi ekspomarkaz loyihasi prezidentga taqdim etildi
12:05 / 10.01.2026
Buxoroda bir guruh voyaga yetmaganlar ishtirokidagi janjal holati o‘rganilmoqda
14:48 / 08.01.2026