Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda yana bir mudhish YTH: 3 kishi halok bo‘ldi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan olingan ma'lumotga asosan, joriy yilning 28 oktabr kuni soat 21:30da Shumanay tumani hududidan o‘tuvchi A-380 «G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynau» avtomobil yo‘lining 817-km.da harakatlanib ketayotgan «Kobalt» rusumli avtomobil boshqaruvini yo‘qotib o‘ng tarafiga ag‘darilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
FVV xabariga ko‘ra, YTH natijasida 3 nafar fuqaro vafot etgan va 1 nafar fuqaro tan jarohati olgan.
Jarohatlangan fuqaro Shumanay tumani markaziy kasalxonasiga yotqizilgan.
Sodir bo‘lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘istonda yuz bergan YTH oqibatida 5 nafar fuqaro halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid
17:56
Toshkentda YTH oqibatida Lacetti ikkiga bo‘linib ketdi
11:56
Doniyor Turg‘unov ustidan sud boshlandi: avtomobilni olib qochish moddasi ayblovdan chiqarilgan
16:44 / 29.06.2026
Andijonda Malibu piyodalar yo‘lidan o‘tayotgan uch kishini urib ketdi
13:57 / 25.06.2026