Rishtonda ikki kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi
Joriy yilning 28 oktabr kuni Farg‘ona viloyati Rishton tumani Yoyilma qishlog‘i To‘lqin ko‘chasida yashovchi 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro hamda ushbu xonadonga mehmonga kelgan Qo‘rg‘oncha qishlog‘ida yashovchi 1986 yil tug‘ilgan fuqaro is gazidan zaharlanib vafot etishgan. Bu haqda FVV xabar bermoqda.
Baxtsiz hodisa sabablari o‘rganilganda, xonadon egasi va mehmon tunab qolgan uyning isitish pechining dudburoni (mo‘risi) ichiga yoz paytida qushlar in qurgani sababli, dudburon xas-xashak va qushlarning pati bilan to‘lib qolgan va tortish kuchini yo‘qotganligi ma'lum bo‘ldi.
Tabiiy gazning chala yonishi oqibatida is gazi hosil bo‘lishi hamda uning uy ichiga to‘planishi fuqarolarning o‘limiga olib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yangiyo‘lda er-xotin is gazidan zaharlanish oqibatida hayotdan ko‘z yumgandi.
Mavzuga oid
23:35 / 25.11.2024
Farg‘ona aeroportida havo kemalarini qabul qilishga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi
11:20 / 22.11.2024
“Qani deputatlar, nega qaramayapti?” - propan narxidan haydovchilar xavotirda
19:02 / 21.11.2024
Farg‘ona aeroportida havo kemalarini qabul qilishga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi
11:28 / 21.11.2024