Joriy yilning 28 oktabr kuni Farğona viloyati Rişton tumani Yoyilma qişloği Tölqin köçasida yaşovçi 2002 yilda tuğilgan fuqaro hamda uşbu xonadonga mehmonga kelgan Qörğonça qişloğida yaşovçi 1986 yil tuğilgan fuqaro is gazidan zaharlanib vafot etişgan. Bu haqda FVV xabar bermoqda.
Baxtsiz hodisa sabablari örganilganda, xonadon egasi va mehmon tunab qolgan uyning isitiş peçining dudburoni (mörisi) içiga yoz paytida quşlar in qurgani sababli, dudburon xas-xaşak va quşlarning pati bilan tölib qolgan va tortiş kuçini yöqotganligi ma'lum böldi.


Tabiiy gazning çala yonişi oqibatida is gazi hosil bölişi hamda uning uy içiga töplanişi fuqarolarning ölimiga olib kelgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Yangiyölda er-xotin is gazidan zaharlaniş oqibatida hayotdan köz yumgandi.








