Jahon | 09:19 / 30.10.2018
6487
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina Rossiya portlariga qarshi sanksiyalar joriy etishga chaqirdi

Foto: RIA Novosti

Ukraina infratuzilmalar vaziri Vladimir Omelyan G‘arb davlatlarini Rossiyaning Qora dengizdagi portlariga qarshi sanksiyalar joriy etishga chaqirdi. Bu haqda «Ukrinform» xabar qilmoqda.

Omelyanning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Davlat departamenti, Yevropa parlamenti va Yevropa komissiyasi so‘nggi bayonotlari Ukraina rasmiylarining ishi natijasi hisoblanadi.

«Men shunga umid qilamanki, reaksiyaning keyingi bosqichiga Rossiyaning Qora dengizdagi portlariga nisbatan sanksiyalar joriy etish aylanadi», - deya ma'lum qildi vazir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina bosh vaziri o‘rinbosari Belarusdagi forumda rus tilida gapirmaslikni so‘ragandi.

Mavzuga oid