Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Baltiyskaya sellyuloza” O‘zbekistonga yiliga 23 ming tonna qog‘oz yetkazib beradi
2018 yil 31 oktabr kuni O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori Laziz Tangriyev qog‘oz yetkazib berish bo‘yicha eng yirik rossiyalik hamkor tashkilot “Baltiyskaya sellyuloza” kompaniyasi bosh direktori o‘rinbosari Yelena Lexnovich boshchiligidagi vakillar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda 2019 yilda O‘zbekistonda katta miqdordagi maktab darsliklari, badiiy, bolalar va ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar nashr qilinishi, albatta, buning uchun zarur bo‘ladigan qog‘oz mahsulotlarini xarid qilish hamda yetkazib berish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shu kunning o‘zida “Baltiyskaya sellyuloza” kompaniyasi vakillari O‘zMAA tizimidagi nashriyot-matbaa korxonalari rahbar va mutaxassislari bilan uchrashib, kelgusidagi hamkorlikning istiqbolli rejalarini muhokama qilishdi.
Ma'lumot uchun aytish kerakki, mazkur tashkilot Rossiya va MDH respublikalariga sellyuloza va qog‘oz mahsulotini yetkazib beruvchi eng yirik bo‘lgan kompaniya bo‘lib, O‘zbekistonning davlat va nodavlat matbaa korxonalari bilan 15 yildan beri hamkorlik qiladi. Bu kompaniya respublikamizdagi matbaa korxonalariga bir yilda 23,0 ming tonnadan ziyod ofset va gazeta qog‘ozini yetkazib beradi.
“Baltiyskaya sellyuloza” kompaniyasi 10 ta davlatdagi 24 ta qog‘oz ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yganligi, Rossiya va MDHning 9 ta, shuningdek, Shvetsiya, Finlyandiya, Avstriya, Germaniya, Gollandiya, Buyuk Britaniya, AQSh, Xitoy, Indoneziya, Chexiya, Hindiston, Yaponiya kabi ilg‘or davlatlarning matbaa korxonalariga qog‘oz mahsulotlarini yetkazib berishi bilan ham alohida ahamiyatga molik.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026