Sport | 19:27 / 31.10.2018
10829
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Messi mashg‘ulotlarga qaytdi

Ispaniya chempionatining 9-turida «Sevilya»ga qarshi o‘yinda jarohat olgan «Barselona» hujumchisi Lionel Messi klub mashg‘ulotlariga qaytdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Futbolchi «Sevilya»ga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limida o‘ng qo‘lidan jarohat olib maydonni tark etgandi. Uni stadiondan shifoxonaga olib borishgandi.

Avvalgi xabarlarda Messi 3 haftaga safdan chiqqani va jamoasining 6 o‘yinini o‘tkazib yuborishi aytilgandi. U 28 oktabr kuni «Real»ga qarshi kechgan (5:1) o‘yinda maydonga tushmadi.

Ayni vaqtda 31 yoshda bo‘lgan Messi katalonlar klubida barcha turnirlar doirasida 12 uchrashuvda maydonga tushgan va 12 gol muallifi bo‘lgan, shuningdek, 6 golga uzatma bergan.

Mavzuga oid