O‘zbekiston | 22:36 / 31.10.2018
3105
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda qilichbozlik bo‘yicha xalqaro musobaqalar o‘tkaziladi

Noyabr oyida dunyoning eng mohir qilichbozlari Toshkentga tashrif buyuradilar. Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi taqvim-rejasiga ko‘ra, Toshkentda 11 noyabr kuni qilichbozlikning shpaga turi bo‘yicha erkaklar o‘rtasida “Satellit» xalqaro turniri tashkil qilinadi.

17-18 noyabr kunlari esa qizlar o‘rtasida qilichbozlikning sablya turi bo‘yicha jahon kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Bellashuvlar Respublika badiiy gimnastika bolalar-o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabida o‘tkaziladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid