Human Rights Watch vakillari: KXDRda jinsiy zo‘ravonlik oddiy holatga aylangan
Human Rights Watch xalqaro inson huquqlari tashkiloti vakillarining xulosasiga ko‘ra, KXDRda jinsiy zo‘ravonlik odatiy holga aylangan. Bu haqda «Tunlari yig‘laysan va bu nega yuz berayotganini bilmaysan. KXDRda ayollarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik» hisobotida xabar qilingan.
Huquq himoyachilari Kim Chen In hokimiyat tepasiga kelgan vaqtda Shimoliy Koreyadan qochib chiqib ketgan 54 nafar shaxs bilan suhbatlashishdi, shuningdek, shimoliy koreyalik sakkiz nafar sobiq amaldorni so‘rovdan o‘tkazishdi. Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, KXDRda «majburiy jinsiy aloqa va jinsiy zo‘ravonlik» shu darajada keng tarqalganki, hattoki «anchadan beri oddiy holat deb hisoblanadi».
Inson huquqlari himoyachilari tomonidan so‘ralgan Shimoliy Koreya sobiq fuqarolari qandaydir lavozim yoki ta'sir doirasiga ega bo‘lgan barcha shimoliy koreyaliklar tomonidan jinsiy zo‘ravonlik holatlari haqida xabar berishgan. Ularning ma'lum qilishicha, politsiyachilar, qo‘riqchilar, mansabdor shaxslar, qamoqxona xodimlari, prokurorlar, tergovchilar, harbiy xizmatchilar va boshqa ko‘plab shaxslarning bunday harakatlaridan xabardorlar.
Xususan, hisobotda bozorda savdo bilan shug‘ullangan 21 nafar ayolning guvohliklari bor. Ularning ma'lum qilishicha, ishga borish chog‘ida, yo‘lda davlat amaldorlari va politsiyachilar tomonidan ko‘p bora jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lishgan.
Shu bilan birga, hisobot mualliflarining ta'kidlashicha, rasmiylar shikoyatlar yuzasidan hech qanday choralar ko‘rishmayapti, sababi ularning fikricha, KXDRda jinsiy zo‘ravonlik butunlay yo‘q qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In tez orada Seulga kelishi ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
22:39
Samarqandda maktab o‘quvchisini zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlangan – Bosh prokuratura
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
12:03
Samarqandda maktab o‘quvchisi bir guruh shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilib, zo‘rlandi
11:22 / 12.11.2024