OAV: AQSh Yamandagi urushni tugatish niyatida
Amerika Qo‘shma Shtatlari Yamandagi urushga butunlay yakun yasash niyatida, deb yozadi New York Magazine.
Xususan, bu hafta AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo va Pentagon rahbari Jyeyms Mettis Yamandagi urushni tugatishga chaqirishdi. AQSh mudofaa mahkamasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, «tinch jarayonga nafaqat yaqin kelajakda harakatlanish kerak», balki Vashington buni yaqin «30 kun ichida» qilishi kerak, deyiladi materialda.
Nashrning ta'kidlashicha, bu Yamanda uch yil muqaddam urush boshlanganidan beri u haqdagi eng qat'iy bayonotdir. Ushbu qadamlar BMT tomonidan «dunyodagi eng yomon gumanitar inqiroz», deb ataluvchi Yamandagi urushni tugatishga qaratilgan muvofiqlashtirilgan turtkining bir qismidir, deb yozadi NY Mag.
AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati a'zolari o‘rtasida Yaman urushi haqidagi qat'iy so‘zlar ikki hodisa bilan izohlanadi: The Washington Post’ning saudiyalik muxolif jurnalisti Jamol Qoshiqchi o‘ldirilishi hamda AQSh kongressi ichida Qo‘shma Shtatlarning ushbu urushdagi o‘rni, shuningdek, ocharchilikdan azob chekayotgan aholi va bolalarning o‘ldirilishi masalasi bo‘yicha o‘sib borayotgan muxolifat, deya aniqlik kiritadi nashr.
Xususan, Saudiya Arabistonining Istanbuldagi elchixonasida Qoshiqchining o‘ldirilishi Ar-Riyodga bo‘lgan ishonchga putur yetkazdi. Qo‘shma Shtatlar Saudiya Arabistoni samolyotlariga yonilg‘i yetkazib beradi va Saudiya podshohligiga qurol sotadi, bu esa AQShni Yaman inqirozi ishtirokchisiga aylantiradi, deya qayd etiladi materialda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShdagi saylovlardan so‘ng fuqarolar urushi xavfi mavjudligi aytilgandi.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
13:52 / 22.11.2024
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
21:00 / 21.11.2024