Harvard universiteti professori Nil Fergyusonning fikriça, Qöşma Ştatlarda jamiyatda böliniş yuz berişi va 2020 yilgi prezidentlik saylovlaridan söng fuqarolar uruşi boşlanişi mumkin. U The Sunday Times gazetasida e'lon qilingan maqolada öz fikrini bildirdi.

Fergyusonning fikriga köra, AQŞda sönggi paytlarda içki qarama-qarşiliklar va «madaniy töqnaşuvlar» kuçaymoqda. Tarixçi bildirişiça, Internetning Amerika segmentida ayni paytda şu yilning noyabr oyida bölib ötadigan kongressga oraliq saylovlar yaqinlaşayotgani tufayli kuçayib borayotgan öziga xos «fuqarolar uruşi» kuzatilmoqda.

Fergyusonning qayd etişiça, AQŞ prezidenti Donald Trampni tanqid qilganlarga bombalar yuborilişi - jumladan, ular Qöşma Ştatlar sobiq prezidenti Barak Obama va prezidentlikka sobiq nomzod Hillari Klintonga jönatilgan - AQŞda fuqarolar uruşi haqida «yangi başoratlar»ga asos bölyapti.

Eslatib ötamiz, avvalroq OAV AQŞdagi zöravonlik Trampning siyosiy ritorikasini aks ettirişi haqida yozgandi.