Jahon | 10:12 / 02.11.2018
6811
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: AQSh Eronga qarshi sanksiyalar bo‘yicha o‘z pozitsiyasini yumshatmoqchi

Foto: RIA Novosti / Vladimir Astapkovich

Amerika Qo‘shma Shtatlari hukumati Eronga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etish masalasi bo‘yicha o‘z pozitsiyasini yumshatishga tayyor. Bu haqda Washington Free Beacon AQSh hukumatidagi manbalarga asosan yozmoqda.

Manba ma'lumotlariga ko‘ra, Davlat departamenti xodimlari davlat kotibi Mayk Pompeoni Tehronni axborot uzatish va SWIFT to‘lovlarni amalga oshirish xalqaro bank tizimidan chiqarib tashlamaslikka ko‘ndirishgan. Shuningdek, ularning aytishlaricha, ayrim davlatlar Eron neftini sotib olishda davom etishi uchun Amerika Qo‘shma Shtatlari Eronga qarshi o‘z sanksiyalariga istisno kiritishi mumkin.

Nashrdan ta'kidlashlaricha, bu kabi qadamlar Yevropa ittifoqining Eron masalasi bo‘yicha pozitsiyasi bilan bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShning Eronga qarshi sanksiyalari yo‘lidagi jiddiy to‘siqlar ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid