Jahon | 08:27 / 02.11.2018
5151
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Devid Kemeron Britaniya tashqi ishlar vaziri bo‘lmoqchi

Foto: AFP

Brexit bo‘yicha referendumdan keyin iste'foga chiqqan Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Devid Kemeron o‘z do‘stlariga katta siyosatga qaytish yo‘llarini ko‘rib chiqayotgani haqida aytgan. Bu haqda The Sun manbalarga tayangan holda xabar bermoqda.

Gazeta suhbatdoshlaridan birining aytishicha, Kemeron iste'fodan keyingi ikki yil ichida «juda zerikib ketgan».

«Devid davlat xizmatidagi ish uchun yaralgan. U oxirgi paytlarda yana katta siyosatga qaytish istagida ekanini tez-tez aytmoqda», - dedi sobiq bosh vazirning do‘sti.

Shuningdek, uning ta'kidlashicha, Kemeron «juda yosh» va «endigina 52 yoshga» to‘ldi.

Siyosatchining boshqa bir yaqin do‘sti qo‘shimcha qilishicha, Kemeron Britaniya Tashqi ishlar vazirligi rahbari lavozimini egallash niyatida.

Ma'lumot uchun, Kemeron 2017 yilda «hali qaytib kelishi» haqida ma'lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya va YeI Brexit’ga doir yana bir kelishuvga erishgandi.

Mavzuga oid