Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Isroil Suriyada S-300’dan xavotirda
Isroil armiyasi Suriya hududida 17 sentabrdan so‘ng, Suriya havo hujumidan mudofaa tizimi Rossiyaga tegishli Il-20 harbiy samolyotini urib tushirganidan keyin birorta harbiy amaliyotni o‘tkazmagan. Bu haqda Contra Magazine yozmoqda.
Nashrdan eslatishlaricha, Isroil harbiylari mintaqada Rossiyaning S-300 zenit raketa majmualari paydo bo‘lgan taqdirda ham, Suriya hududida bombardimonlarni to‘xtatmaslikka bir necha marta va'da qilishgandi. Biroq, Il-20 qulaganidan so‘ng, Isroil OAV Suriya bo‘yicha hujumlar haqida birorta ham xabar bermadi.
Contra Magazine hujumlar yuz berayotgani, ammo ular bo‘yicha OAVda xabarlar e'lon qilinmayotgani haqidagi versiyani chiqarib tashladi. Uning taxminiga ko‘ra, bunday vaziyat mintaqaga yetkazib berilgan Rossiya qurol-yarog‘i bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMT bosh kotibi Suriya bo‘yicha yangi maxsus vakil tayinlagandi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterresh tashkilotning Suriya bo‘yicha maxsus vakili lavozimiga diplomat Geyr Pedersenni tanladi. Pedersen ushbu lavozimda Staffan De Mistura o‘rnini egallaydi.
Mavzuga oid
22:21 / 17.07.2026
Urush yana qaytalandi. Nega?
11:30 / 17.07.2026
16 ming dollarga Isroilga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
10:10 / 15.07.2026
AQSh Iroq–Suriya neft quvurini qayta tiklashni rejalashtirmoqda
20:25 / 14.07.2026