O‘zbekiston | 18:31 / 02.11.2018
20102
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida Germaniyaning IAMO (O‘tish davri iqtisodiyoti mamlakatlarida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish) ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda “Ipak yo‘lida joylashgan mamlakatlarda qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishida ijtimoiy – iqtisodiy fanlarning roli”  mavzusida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi. 

Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan olimlar o‘rtasida qishloq xo‘jaligida islohotlarning borishi, yer-suvdan foydalanish masalalari, iqlim o‘zgarishlarining qishloq mahsulotlari ishlab chiqarishiga ta'siri, qishloq hududlarida mehnat resurslari va ularning migratsiyasi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosida eksport salohiyatini oshirish masalalari bo‘yicha tadqiqot natijalari muhokamasi hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash konferensiyaning asosiy maqsadlaridandir. 

Konferentsiya O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi, Suv xo‘jaligi, Innovatsion rivojlantirish vazirliklari, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Germaniyaning IAMO ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tashkillashtirilgan.

 

Mavzuga oid