Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Statistika hisoboti shakllari tasdiqlandi
Foto: 123RF
2018 yil uchun davlat statistika hisoboti shakllari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi qaror va 2019 yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazildi, deb xabar bermoqda vazirlik telegram-kanali.
Tadbirkorlarning takliflarini inobatga olgan holda 2019 yil uchun statistika hisoboti shakllarini topshirish muddatlari qayta ko‘rib chiqildi va ularni topshirishning yanada maqbulroq muddatlari belgilandi.
Bundan tashqari, nogironligi bo‘lgan shaxslarni hisobini yuritish va ularga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va chuqur tahlil qilish, shuningdek oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini, ularning hayoti va faoliyatining asosiy tendensiyalarini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun yangi hisoboti shakllari qo‘shildi.
Mavzuga oid
18:22 / 07.02.2026
Aholini ro‘yxatga olishning ikkinchi bosqichida sertifikat berilmaydi - Statistika qo‘mitasi
16:05 / 06.02.2026
Statistika: 1 kilogramm palov tayyorlash qiymati bo‘yicha yangi hisob-kitoblar
18:35 / 31.01.2026
Aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha eng yuqori va past ko‘rsatkichli hududlar ma’lum qilindi
22:16 / 07.12.2025