Milliy statistika qömitasi hisobotiga köra, yilning dastlabki beş oyida Özbekiston taşqi savdo aylanmasida eng yuqori körsatkiçlar quyidagi davlatlar hissasiga töğri kelgan:

  • Xitoy — 7,7 mlrd AQŞ dollari;

  • Rossiya — 5,8 mlrd AQŞ dollari;

  • Qozoğiston — 2,3 mlrd AQŞ dollari;

  • Turkiya — 1,2 mlrd AQŞ dollari;

  • Afğoniston — 915,8 mln AQŞ dollari;

  • Fransiya — 771,9 mln AQŞ dollari;

  • Koreya Respublikasi — 747,8 mln AQŞ dollari;

  • Birlaşgan Arab Amirliklari — 746,6 mln AQŞ dollari;

  • Germaniya — 501,9 mln AQŞ dollari;

  • Qirğiziston — 469 mln AQŞ dollari.

Ma’lumotlarga köra, Xitoy va Rossiya Özbekistonning taşqi savdo aylanmasida yetakçi örinlarni saqlab qolmoqda. Şu bilan birga, Markaziy Osiyo davlatlari, Yevropa va Yaqin Şarq mamlakatlari bilan ham savdo aloqalari faol rivojlanişda davom etmoqda.

Statistikaga köra, 2026 yilning yanvar–may oylarida Özbekiston jahonning jami 185 ta mamlakati bilan taşqi savdo munosabatlarini amalga oşirgan.