O‘zbekiston | 11:05
2162
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda aholisi eng kam hududlar ma’lum bo‘ldi

2026 yil 1 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda doimiy aholisi eng kam hudud G‘ozg‘on shahri bo‘lib, unda 9,5 ming nafar aholi yashaydi. Milliy statistika qo‘mitasi mamlakatda aholisi eng kam bo‘lgan tuman va shaharlarning top-10 ro‘yxatini e’lon qildi.

Foto: Kun.uz

Statistikaga ko‘ra, aholisi eng kam hududlar orasida birinchi o‘rinni G‘ozg‘on shahri egallagan. Unda doimiy aholi soni 9,5 ming nafarni tashkil etadi.

Keyingi o‘rinlarda Tomdi tumani (15,3 ming nafar), Shirin shahri (19,4 ming nafar), Qorovulbozor tumani (20,7 ming nafar) va Bo‘zatov tumani (21,8 ming nafar) qayd etilgan.

Shuningdek, ro‘yxatdan Yangiobod tumani (30,6 ming nafar), Mo‘ynoq tumani (34,1 ming nafar), Konimex tumani (36,8 ming nafar), Taxtako‘pir tumani (38,9 ming nafar) hamda Uchquduq tumani (39,9 ming nafar) o‘rin olgan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur reyting 2026 yil 1 aprel holatidagi doimiy aholi soni asosida shakllantirilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid