Jahon | 21:22 / 03.11.2018
17145
1 daqiqa o‘qiladi

Eron ommaviy ravishda qiruvchi samolyotlar ishlab chiqara boshladi

Foto: EPA-EFE/DEFENSE MINISTRY OF IRAN

Eron ommaviy ravishda Kowsar qiruvchi samolyotlarini ishlab chiqara boshladi.

“Yaqin orada zarur sondagi samolyotlar ishlab chiqarilib, havo qo‘shinlariga yetkaziladi”, deb aytgan Eron mudofaa vaziri Amir Hotamiy qiruvchilarni ishlab chiqarishni boshlash marosimida.

Eron hukumatining ta'kidlashicha, Kowsar 100 foiz Eronda ishlab chiqilgan, u ilg‘or avionika va ko‘p maqsadli radarga ega. Biroq ba'zi mutaxassislarning fikricha, samolyot AQShda 1960-yillarda ishlab chiqarila boshlangan Northrop F-5 samolyotining nusxasi hisoblanadi.

Kowsar avgust oyida taqdim qilingandi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid