Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FQB milliarder Steyyerga yuborilgan yana bir shubhali posilkani aniqladi
FQB amerikalik milliarder Tom Steyyer nomiga yuborilgan yana bir shubhali posilkani aniqladi. Bu haqda tashkilotning tvitterdagi sahifasida xabar berilgan.
Ta'kidlanishicha, posilka 1 noyabr kuni kechqurun tutib olingan. Shu bilan birga, u Steyyerga yuborilayotgan navbatdagi shubhali buyumga aylandi.
«FQB kecha kechqurun Kaliforniyada tashqi ko‘rinishi boshqa shubhali narsalarga o‘xshash bo‘lgan posilka tutib olinganini tasdiqlaydi», - deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShda pochta orqali bomba jo‘natishda gumonlanayotgan shaxsning rejalari aniqlangandi.
NBC News xabariga ko‘ra, bir necha siyosatchilarning manzillariga bomba yuborishda gumon qilinayotgan Tsezar Sayok 100 kishidan iborat qurbonlar ro‘yxatiga ega bo‘lgan.
Mavzuga oid
22:41 / 22.08.2025
FQB agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazdi
17:05 / 04.08.2024
“Undan hatto prezidentlar ham qo‘rqqan” – FQBni o‘lgunicha boshqargan shaxs
21:34 / 26.07.2024
Donald Tramp suiqasd ishi tergovi doirasida FQB tomonidan so‘roq qilinadi
18:43 / 07.06.2023