Jahon | 19:19 / 03.11.2018
28373
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreya yadroviy qurolini rivojlantirish bilan tahdid qildi 

Foto: AP Photo/Evan Vucci

Shimoliy Koreya agar AQSh iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilishni boshlamasa, yadroviy qurolini rivojlantirish siyosatini yana boshlashga tayyorligidan ogohlantirdi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.  

Shimoliy Koreya tashqi ishlar vazirligi bir vaqtda iqtisodiy rivojlanish va yadroviy qurol ishlab chiqarish siyosati qaytishi aytilgan bayonotni chop etgan. Bayonotda aytilishicha, bu agar AQSh Shimoliy Koreyaga nisbatan sanktsion siyosatini o‘zgartirmasa yuz beradi.

Shimoliy Koreya rahbariyatining bu bayonoti AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning AQSh Pxenyan yadroviy dasturini to‘liq yo‘q qilganiga ishonch hosil qilmaguncha, sanksiyalar to‘liq saqlanib qolishi haqidagi so‘zlariga javob bo‘lgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid