Jahon | 10:46 / 04.11.2018
6953
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada “bekorchilikdan” o‘yinchoq do‘konlarida o‘g‘irliklar sodir etgan keksa ayol ushlandi

Foto: Flickr

Parij politsiyasi o‘yinchoq do‘konlarida 700 dan ko‘proq o‘g‘irlikni amalga oshirgan 72 yoshli ayolni qo‘lga oldi.

Ta'kidlanishicha, keksa ayol o‘g‘irlangan tovarlarni internetda sotgan. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, pensioner ayol 2018 yil iyunidan boshlab internetda o‘yinchoqlar sotilishi haqida 957 ta e'lon joylashtirgan. U o‘yinchoqlarni yangi va original qutida, deya ta'riflagan. Politsiya ayolning uyini tintuv qilganda mingga yaqin turli buyum va 40 ming yevro naqd pul aniqlagan.

Ayolning aytishicha, u bu qilmishini asosan “bekorchilikdan” qilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid