Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
6 noyabr kuni O‘zbekistonda o‘zgaruvchan havo kutilmoqda
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 6 noyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-4, kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
17:49 / 02.06.2026
Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonda Yevroittifoqning deportatsiya markazi tashkil qilinishini rad qildi
18:07 / 01.06.2026
Jazirama ortidan jala
17:44 / 26.05.2026
Hayit kuni Toshkentda qisqa muddatli chang-to‘zon kuzatilishi mumkin
18:55 / 25.05.2026