Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning Eronga qarshi sanksiyalari kuchga kirdi
AQShning Eronga nisbatan joriy etgan sanksiyalari bugundan kuchga kirdi. Avvalroq AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo sanksiyalar ro‘yxatiga 600dan ortiq shaxs va kompaniyalar kiritilganini ma'lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, cheklovlar "Eron rejimining o‘zini tutishiga ta'sir ko‘rsatishi lozim".
Pompeo shuningdek, sanksiyalar Eron iqtisodiyotiga katta ta'sir ko‘rsatganini, Yevropa kompaniyalari bu davlatni tark etayotganini ta'kidladi.
O‘tgan haftada Eron oliy ruhoniysi oyatulla Ali Homanai AQSh sanksiyalar orqali mamlakat iqtisodiyotini falajlashni xohlayotganini, ammo bu sanksiyalar Tehronning mustaqilligini kuchaytirganini bildirdi.
"Eron xalqi ko‘plab yillar davomida barcha narsani import qilib kelgandi, endilikda esa barcha narsani o‘zida ishlab chiqarishni o‘zlashtirdi", — deb yozdi u o‘zining Twitter sahifasida.
O‘z navbatida Eron prezidenti Hasan Ruhoniy AQSh sanksiyalariga qaramasdan Eron o‘z neftini sotishda davom etishini ma'lum qildi.
Bugundan kuchga kirgan sanksiyalardan neft eksporti ham o‘rin olgan. Vashington Eronning neft eksportini butkul to‘xtatmoqchi va xaridorlarni undan neft sotib olmaslikka chaqirmoqda.
2018 yil may oyida AQSh prezidenti Donald Tramp Amerikaning Tehron bilan kelishuvdan chiqishini ma'lum qilgandi. U o‘shandayoq Eronga nisbatan barcha cheklovlar tiklanishini hamda u bilan hamkorlik qiladigan davlatlarga ham sanksiyalar qo‘llanilishini bildirgandi.
Mavzuga oid
21:07 / 02.06.2026
AQSh Eron bilan muzokara o‘tkazishning asosiy sharti sifatida Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochishni talab qilmoqda
16:47 / 02.06.2026
«Sening toming ketgan» – Tramp Livanga hujum tufayli Netanyahuni qattiq koyidi
21:04 / 01.06.2026
Nima oldin tugaydi – neft yoki urush? Eron Trampni tinchlikka qanday majburlamoqda?
10:17 / 01.06.2026