Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Eronning 600 dan ko‘proq jismoniy va yuridik shaxslariga qarshi sanksiyalar kiritadi
AQSh moliya vazirligi Erondagi 600 dan ko‘proq jismoniy va yuridik shaxslarga qarshi sanksiyalar kiritadi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Pompeoning aytishicha, gap moliyaviy cheklovlar kiritish haqida bormoqda. “Dushanba kuni tiklanadigan nafaqat neft, balki moliyaviy sanksiyalar Eron tuzumi xatti-harakatining o‘zgarishiga olib kelishiga ishonchim komil. Bu biz kutayotgan natija. Bu prezident Tramp siyosatining maqsadi hisoblanadi”, deb aytgan Pompeo.
AQSh Eron bilan tuzilgan yadroviy kelishuvdan may oyida chiqqan. O‘shanda Tramp Vashington Tehronga qarshi sanksiyalarni 5 noyabrda tiklashini aytgan.
Mavzuga oid
19:05 / 18.07.2026
Yangi davr urushlari: nimalar o‘zgardi, maqsadlar-chi?
11:32 / 18.07.2026
Apacheʼni “qulatgan” iroqlik dehqon – Amerika harbiy vertolyotini miltiqda urib tushirib bo‘ladimi?
22:21 / 17.07.2026
Urush yana qaytalandi. Nega?
20:40 / 17.07.2026