Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada halokatga uchragan samolyotning qora qutisi topildi
Indoneziya Transport xavfsizligi bo‘yicha milliy qo‘mitasi halokatga uchragan Boeing 737 samolyotining qora qutisini dengiz tubidan chiqarib olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Detik portali xabar bermoqda. Indoneziyalik mutaxassislarga avstraliyalik hamkasblari yordam berishgan.
O‘ziyozar qurilma 69 soatlik ma'lumotlarga ega, buning ichida laynerning so‘nggi parvoziga doir qaydlar ham mavjud.
Indoneziyaning Lion Air arzon aviakompaniyaga tegishli Boeing 737 samolyoti Jakartadan 29 oktabr kuni havoga ko‘tarilganidan 13 daqiqa o‘tgach, G‘arbiy Yava sohillari yaqinida dengizga qulagan edi. Samolyot qoldiqlari dengiz tubida keng hududga sochilgan va 30-40 metr chuqurlikda joylashgan.
Hozircha, halokat sabablari ma'lum emas. Samolyot 2018 yilda ishlab chiqilgan, avgust oyidan aviakompaniya tomonidan foydalanilayotgan edi. Aviahalokatda samolyot bortida bo‘lgan 189 kishining hech biri omon qolmagan.
Mavzuga oid
11:29 / 27.06.2026
TikTok va YouTube Indoneziyada 16 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilarning akkauntini o‘chirdi
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
21:35 / 15.06.2026
Rossiyada Tu-22M3 bombardimonchisi halokatga uchradi
23:05 / 14.06.2026