Tramp: Saudiya Arabistoni Yamanda qurollardan qanday foydalanishni bilmaydi
AQSh prezidenti Donald Tramp Yamanda bolalar ketayotgan avtobusning o‘qqa tutilishini dahshatli fojia deb atadi. Shu yilning avgustida Saudiya Arabistoni yetakchiligidagi koalitsiya Yamanda ichida bolalar bo‘lgan avtobusni o‘qqa tutgan edi. Trampning fikricha, saudiyalik askarlar quroldan to‘g‘ri foydalanishni bilishmaydi, deb xabar qilmoqda Axios portali.
“Menimcha, bu dahshatli hodisa. Avtobus va bolalar bilan nimalar sodir bo‘lganiga qarashning o‘zi dahshatli edi”, - degan Amerika yetakchisi Axios axborot portaliga bergan intervyusida.
“Bu ishlarni quroldan qanday foydalanishni bilmaydigan odamlar qildi, bu shunchaki dahshatli edi”, - degan prezident. Shu bilan birga, nashrning aniqlik kiritishicha, AQSh prezidenti bu hodisa Amerika qurolini Saudiya Arabistoniga yetkazib berishga doir uning qarashiga ta'sir qilgani yoki yo‘qligiga oid savolga javob bermagan.
Tramp, shuningdek Saudiya Arabistoni bilan “turli mavzularni muhoqama qilish niyatida” ekanini bildirib, “armiya safida quroldan foydalanishni bilmaydigan va bolalar to‘la avtobusga o‘q uzadiganlarni ushlab o‘tirmagan bo‘lishi”ni ta'kidlagan.
Joriy yil 9 avgustida koalitsiya harbiy-havo kuchlari Yaman shimoli-sharqidagi Saad viloyatida avtobusga zarba bergan. Uning ichida asosan bolalar va o‘smirlar bo‘lgan. Sanadagi Xalqaro Qizil xoch jamiyati ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu bombardimon oqibatida 51 kishi, shu jumladan 40 bola qurbon bo‘lgan, 80ga yaqin yamanlik tan jarohati olgan.
Eslatib o‘tamiz, 2014 yil avgustidan buyon Yamanda hukumat kuchlari va isyonchi husiylar o‘rtasida qurolli ziddiyat davom etmoqda. Yaman huquq va taraqqiyot markazi ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan davr mobaynida mamlakatda 10 mingdan ortiq tinch aholi vakili o‘ldirilgan, ularning qariyb 2,4 mingi bolalar va 2 mingga yaqini ayollardir.
Mavzuga oid
08:10 / 12.11.2024
O‘zbekistonga Saudiya kompaniyalarining qariyb 2,5 mlrd dollarlik investitsiyalari jalb etiladi
19:01 / 11.11.2024
O‘zbekiston va Saudiya bosh prokurorlari tergov va axborot almashinuvida hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzoladi
11:20 / 11.11.2024
AQSh Yamandagi husiychilarning qurol omborlariga zarba berdi
09:25 / 11.11.2024