Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Baliqli parhez astmaga qarshi kurashda yordam beradi
La-Trobe Universiteti tomonidan o‘tkazilgan klinik tadqiqot sog‘lom parhez doirasida baliq (losos, forel va sardina) iste'moli bolalarda astma kasalligi belgilarini kamaytirishga yordam berishini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari Journal of Human Nutrition and Dietetics'da taqdim etildi.
Xalqaro tadqiqot davomida yog‘li baliqqa boy O‘rta yer dengizi parheziga rioya qilgan astmasi bo‘lgan bolalarda olti oydan keyin funksiya yaxshilangani kuzatilgan. Tadqiqot muallifi Mariya Papamiklning aytishicha, bu ma'lumotlar sog‘lom parhez bolalardagi astmani salohiyatli davolash usuli bo‘la olishiga doir ishonchni yanada mustahkamlaydi.
"Biz yog‘, qand va tuzga boy ratsion bolalardagi astmani rivojlantirishi mumkinligini bilardik, endi esa sog‘lom parhez yordamida astma belgilarini yumshatish mumkinligiga doir dalilimiz bor", - deydi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yog‘li baliq yallig‘lanishga qarshi kurashish xususiyatiga ega omega-3 yog‘ kislotalariga boy. Tadqiqot haftada atigi ikki marta baliq iste'mol qilish astmadan aziyat chekuvchi bolalarda o‘pka yallig‘lanishini sezilarli darajada pasaytirishi mumkinligini ko‘rsatdi.
Astma — yoshlar orasida eng keng tarqalgan nafas yo‘li kasalliklari hamda bolalarning shoshilinch shifoxonaga yotqizilishi asosiy sabablaridan biri. Bronxial astmaning asosiy belgilari nafas qisishi, hushtaksimon xirillash, yo‘tal va ko‘krak qafasidagi og‘riqlar hisoblanadi.
Mavzuga oid
21:36 / 23.04.2026
Yuqori qon bosimidan xalos qiladigan 7 ta uglevod aytildi
20:00 / 14.03.2026
Sirdaryoda baliq ovlaganlar tabiatga qariyb 520 million so‘mlik zarar yetkazdi
23:25 / 27.12.2025
Navoiyda noqonuniy tarzda qariyb yarim tonna baliq ovlaganlar ushlandi
07:35 / 22.11.2025