Light | 19:20 / 07.11.2018
7866
2 daqiqa o‘qiladi

Collins lug‘ati yil so‘zini tanladi

Foto: Depositphotos / Andrejad

Collins Dictionary lug‘ati noshirlari talqiniga ko‘ra, 2018 yilning bosh so‘zi “single-use” – “bir martalik” iborasi bo‘ldi. 

“Cheklanmagan miqdorda qo‘llanishi atrof-muhitga va ozuqa zanjiriga zarar yetkazishi aytiladigan buyumlarga ta'rif beruvchi single-use atamasi Collins’ning 2018 yil so‘zi deb ataldi. Single-use bir martalik qo‘llanish uchun ishlab chiqariladigan mahsulot, ko‘pincha plastikka tegishlidir. Okeanning eng chekka hududlarida suzib yuruvchi plastik buyumlar – somonchalar, butilkalar va paketlar suratlari ularni qo‘llashni qisqartirish bo‘yicha kompaniyalarning hafsalasini pir qildi”, deb aytilgan xabarda. 

Collins Dictionary’ning ta'kidlashicha, 2013 yildan beri ushbu ibora jamiyatning yuqoridagi muammodan xabardorligi oshib borgan sari 4 marta ko‘proq ishlatila boshlangan.

Yil so‘ziga da'vogar so‘zlar orasida, shuningdek, backstop (Britaniya va Yevropa Ittifoqining Brexit bo‘yicha kelishuvi bo‘lmaganda Irlandiya va Shimoliy Irlandiya o‘rtasidagi chegara maqomi bo‘yicha yuridik kelishuvlarni nazarda tutish uchun ishlatiladigan atama), gammon (Brexit tarafdorlari, yuzi qizil va keskin qarashlarga ega o‘rta yoshli erkaklarni ta'riflashda qo‘llanuvchi so‘z), MeToo (jinsiy shilqimliklarga qarshi harakatni anglatuvchi atama) ham bo‘lgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid