Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeChLda pley-off yo‘llanmasini hal qilgan ilk klub ma'lum bo‘ldi
Foto: Getty Images
Chempionlar ligasi guruh bosqichi 4-tur bahslarining ilk kuniga kelib, musobaqa pley-off bosqichiga yo‘llanmani hal qilgan ilk klub nomi ma'lum bo‘ldi. Bu – ushbu turda «Inter» mehmoni bo‘lib, 1:1 hisobidagi durangga imzo chekkan «Barselona» jamoasidir.
Kataloniya grandi 4 ta turdan so‘ng 10 ochko to‘plagan holda «B» guruhida peshqadamlikni qo‘liga olgan. Keyingi o‘rinlarda «Inter» (7 ochko), «Tottenhem» (4) va PSV (1) klublari bormoqda. Niderland klubi kecha «shporlar»ga mag‘lub bo‘lib (1:2), pley-off yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi.
Nazariy jihatdan, Milan va London jamoalari keyingi ikki turda ochkolar soni bo‘yicha «Barselona»ga yetib olishi mumkin, ammo «ko‘k-anorranglilar» qo‘shimcha ko‘rsatkichlar hisobiga 2-o‘rindan pastga tushib ketmaydi.

Mavzuga oid
02:24 / 12.01.2026
«Barselona» finalda «Real»ni yengib, Ispaniya superkubogini qo‘lga kiritdi
12:00 / 08.01.2026
«Siti»da g‘alabasiz seriya, «Barsa» javobsiz 5 ta gol urdi. Kun o‘yinlari
12:27 / 22.12.2025
«Barsa» qishki chempion, «MYu» yana yutqazdi. Kun o‘yinlari
22:11 / 14.12.2025