Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml Putinning Tramp bilan bo‘lajak uchrashuvi haqida ma'lumot berdi
Foto: Reuters
11 noyabr kuni Vladimir Putin va Donald Tramp Parijda, Yelisey saroyidagi choshgoh vaqtida qisqa muloqot o‘tkazishadi. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ma'lumot berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va AQSh rahbarlarining to‘liq formatdagi uchrashuvi Buenos-Ayresdagi «Katta yigirmatalik» sammiti chog‘ida bo‘lib o‘tadi.
«Putin va Trampning Parijdagi uchrashuvi OAV va xalqaro maydondagi siyosiy doiralarning jiddiy qiziqishlariga sabab bo‘ldi. Frantsuz hamkasblarning fikricha esa, yuzaga kelgan ajiotaj Birinchi jahon urushining 100 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlar hamda Xalqaro jahon forumini soya ostida qoldirishi mumkin», degan Ushakov.
U fransuzlar o‘z xavotirlarini Moskvaga ham, Vashingtonga ham yetkazishganini aytib o‘tgan.
«Shu tufayli ikki tomon ham prezidentlarning keng formatdagi uchrashuvini keyinroqqa, Buenos-Ayresda bo‘lib o‘tadigan «yigirmatalik» sammitiga surdi», deya qo‘shimcha qilgan Ushakov.
Kremldagilar Parijdagi suhbarlardan maqsad - «soatlarni sozlab olish» ekanini aytib o‘tgan. Bundan tashqari, prezidentlar o‘zaro munosabatlarni muhokama qilishadi. Moskva tomoni Putin va Tramp o‘rta va qisqa masofalarga uchuvchi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnomani ham muhokama qilishadi.
«Katta yigirmatalik» sammiti 30 noyabr-1 dekabr kunlarida Argentina poytaxtida bo‘lib o‘tadi.
Putin va Trampning oxirgi uchrashuvi shu yilning iyulida Finlyandiya poytaxti Xelsinki shahrida bo‘lib o‘tgandi. O‘shanda prezidentlar o‘zaro munosabatlar va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qilishgandi.
Mavzuga oid
13:41 / 09.02.2026
Babish: Yevropa Ukraina bo‘yicha Putin bilan muzokara olib borishi kerak
16:08 / 30.01.2026
Tramp Putin kuchli sovuq tufayli Kiyevga zarbalarni to‘xtatib turishini aytdi
07:50 / 23.01.2026
Putin Kremlda Trampning vakillari bilan uchrashdi
22:39 / 21.01.2026