Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston OTJning Tokio olimpiadasi yo‘lidagi ilk raqiblari ma'lum bo‘ldi
2019 yilning mart oyida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Toshkentda Osiyo chempionati saralashida qatnashadi. Ushbu saralashda g‘olib chiqqan jamoa 2020 yil Tailandda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Tailanddagi Osiyo chempionatida 1-3 o‘rinni qo‘lga kiritgan terma jamoalar Tokio-2020 olimpiadasida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
O‘FA matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, bugun chempionati saralashiga qur'a tashlandi. Unga ko‘ra O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi "F" guruhida Hindiston, Tojikiston va Pokiston terma jamoalari bilan bir guruhdan joy oldi. Bahslar kelasi yilning 22-26 mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
Reglamentga asosan, saralash Sharq va G‘arb mintaqasiga bo‘lingan holda o‘tkaziladi. Har ikki mintaqadagi guruhda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan jami 11ta terma jamoa Osiyo chempionatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Ularga o‘z guruhlarida eng yaxshi natija qayd etgan 4ta ikkinchi o‘rin sohiblari hamda mezbon sifatida Tailand ham qo‘shiladi.
Shu tariqa, Osiyo chempionatida 16 ta terma jamoa ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi qit'a birinchiligi har 2 yilda bir marta o‘tkaziladi. O‘zbekiston olimpiya termasi turnirning amaldagi chempioni sanaladi. Shu yil boshida Ravshan Haydarov murabbiyligidagi jamoa Xitoyda o‘tgan chempionatda bosh sovrinni qo‘lga kiritgan.
Ma'lumot o‘rnida, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi hozirga qadar Olimpiada final bosqichida ishtirok etmagan.
Mavzuga oid
19:35 / 29.12.2021
Tokio-2020 g‘oliblariga atalgan yil. «Uzbekistan Sport Awards-2021» milliy mukofoti laureatlari e’lon qilindi
14:06 / 25.08.2021
Erkin kurash jamoasi bosh murabbiyi: «Tokioda shogirdlarimdan ko‘proq narsa kutgan edim»
05:42 / 24.08.2021
Turkmaniston tarixida olimpiada sovrindori bo‘lgan ilk sportchiga Lexus va kvartira sovg‘a qilindi
07:43 / 10.08.2021