9 avgust kuni Özbekiston olimpiya delegatsiyasi Yaponiyadan qaytib keldi. Jamoani kutib oliş uçun Toşkent xalqaro aeroportiga Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov, Senat raisi Tanzila Norboyeva boşçiligidagi hukumat a'zolari, OAV vakillari, sportçilarning ota-onalari va muxlislar yiğildi.

Delegatsiya kutib olingaç, sportçilar jurnalistlar bilan suhbatda turnir borasidagi fikrlari bilan örtoqlaşişdi.

Olimpiadada bronza medalni qölga kiritgan erkin kuraşçi Bekzod Abdurahmonov keyingi rejalar haqida gapirar ekan oldinda jahon çempionati kutayotganini ma'lum qildi: «5 yilda yaratib berilgan şaroitlardan foydalanib natija körsatmasak, uyat bölardi. Hozirça UFC'ga ötmoqçi emasman, çunki ikki oydan keyin jahon çempionati bor. Keyin Osiyo öyinlari, keyin qarabsizki, bir pasda Parij olimpiadasi kelib qoladi», dedi kuraşçi.

Oğir atletikada oltin medalga ega çiqqan Akbar Jörayev Parij olimpiadasida ham ğolib böliş niyatida ekanligini aytdi: «Qöllab-quvvatlagan barçaga rahmat. Bu medal xalqimizniki. 2024 yili Parijda bölib ötadigan olimpiadada ham çempion bölişga harakat qilaman».

Şundan söng terminal taşqarisida bezatilgan sahnada olimpiyaçilarga bağişlangan tadbir bölib ötdi. Unda rahbarlar, çempionlar va ularning onalari sözga çiqib, öz xursandçiliklarini izhor qilişdi.

Tadbirdan söng delegatsiya avtobuslarda Toşkent şahrining markaziy köçalari böylab Milliy Olimpiya qömitasi binosiga yöl oldi. MOQ binosi oldida sovrindor sportçilarga sovğalar topşirildi.

Oltin medal sohiblariga «Tahoe» avtomobili, 200 ming dollar mukofot puli va 3 xonali hovli sovğa qilindi. Bronza medalini qölga kiritgan yigitlar esa «Trailblazer» avtomobillari bilan birga 50 ming dollardan mukofot va kvartira olişdi.

A'zamjon Izzatillayev tayyorladi

Tasvirçilar – Mahmud Soliyev va Azimjon Vohidov