Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksika poytaxtidagi yirik avtohalokat 7 kishining umriga zomin bo‘ldi
7 noyabr kechki payt Meksika poytaxti Mexikodagi serqatnov pullik trassada yuz bergan avtohalokatda 7 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 30 kishi jarohat oldi. Bu haqda Impacto portali ma'lum qildi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasida 12 ta avtomobil to‘qnashib ketgan. Avtohalokat Mexiko-Toluka trassasida tormozi ishlamay qolgan yuk mashinasi yo‘lida uchragan 10 dan ko‘proq mashinani urib ketgani oqibatida sodir bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, 20 ga yaqin kishi avtomobillari ichida qolib ketgan, qutqaruvchilar ularni chiqarib olish ishlarini olib borishgan. Avtohalokat oqibatida yo‘l to‘silib qolgan, haydovchilarga bepul yo‘l orqali yurish aytilgan.
Mavzuga oid
19:07 / 23.05.2026
O‘smir svetoforda ham to‘xtamagan: Qo‘qondagi mudhish avtohalokat tafsilotlari
15:10 / 30.04.2026
Samarqand shahridagi avtoavariyada PPX xodimi halok bo‘ldi
20:28 / 18.06.2025
Xorazmda Tico ag‘darilib, 18 yoshli yigit halok bo‘ldi
16:52 / 01.01.2025