Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp hukumatni tarqatib yuborish bilan tahdid qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp agar demokratlar Meksika bilan chegarada devor qurilishi moliyalashtirilishini bloklab qo‘yishsa, hukumat ishini to‘xtatishi mumkinligini aytdi.
Trampning aytishicha, agar respublikachilar nazorat qilinishi demokratlarga o‘tgan yangi vakillar palatasi bilan kelisha olmasa shunday holat bo‘lishi mumkin.
“Biz devorni istamoqdamiz, ular devorni istayotganimizni bilishadi. Uning qismlarini emas, butun devorni... Men hech narsani kafolatlay olmayman, biroq bu yuz berishi mumkin”, deb aytgan Tramp Kongressga oraliq saylovlar yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanda.
AQShda 6 noyabrda o‘tgan oraliq saylovlardan keyin respublikachilar vakillar palatasi ustidan nazoratni boy berishgan, biroq senatda ko‘pchilikni saqlab qolishgan.
Mavzuga oid
20:25 / 16.07.2026
AQSh grin-karta talabgorlari uchun 100 ming dollarlik garov joriy etishi mumkin
12:03 / 16.07.2026
Eronning nishonlari – dunyoda va Arab ko‘rfazi davlatlarida AQShning nechta harbiy bazasi bor?
08:52 / 16.07.2026
AQSh Erondagi harbiy obektlarga yangi zarbalar berdi
22:58 / 15.07.2026